Mehnat vaziri majburiy mehnatning hashardan farqini tushuntirdi

© FbXashar v Rishtane
Xashar v Rishtane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vaziri qachon “hashar”, qachon “majburiy mehnat” bo‘ladi degan savolga javob berdi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Bugun Xalqaro press-klubda “O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili” mavzusida sessiya o‘tkazildi.

Xashar v Rishtane  - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi Rishtonda o‘tkazilgan hasharga munosabat bildirdi

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev “hashar” va “majburiy mehnat” farqini tushuntirib berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Qachon hashar bo‘ladi, qachon majburiy mehnat bo‘ladi? deb aytilsa. Bu guyoki biz hasharni legallashtirib qo‘ymoqchimiz. Bunday emas. Hashar bu bizning urf-odatimiz, albatta biz hasharga chiqqanmiz. Lekin u yerda majburlash alomati bo‘lsa, katta miqdorda odamlarni bir qandaydir mobilizatsiya masalasi bo‘lsa, bu hech qanday hashar emas”, - dedi vazir.

Vazir xodimni ishdan bo‘shatish, oylikni kamaytirish yoki mukofotdan mahrum etish bilan qo‘rqitish yoki lavozim bo‘yicha o‘sishda to‘sqinlik qilish va boshqa istalgan turdagi majburlash alomatlarini misol tariqasida sanab o‘tdi.

“Hozirgi bilib turibmiz, men bandlik vaziri sifatida, menga prezident shuncha vakolat berganlaridan keyin, chet ellik hamkasblarimiz oldida baralla aytishimiz kerak. Hashar bu O‘zbekiston kelajagi emas. Hashar - O‘zbekiston va hukumati siyosati emas bu. Bunday hashar bilan qilingan, majburiy yo‘l bilan qilingan narsa biz uchun kerak emas”, - deb ta’kidladi vazir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hashar faqatgina O‘zbekiston prezidenti yoki O‘zbekiston hukumatining qarori bilan o‘tkaziladi.

“O‘zbekistonda odatda ikki marta o‘tkaziladi. Navro‘z va Mustaqillik bayrami oldidan hashar o‘tkaziladi. Lekin boshqa paytlar hech qanday hashar yo‘q”, - dedi Kudbiyev.  

Vazir mahallalarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerakligini aytib o‘tdi.

“Ish beruvchilar diqqatiga aymoqchimanki, o‘z xodimlarini hasharga chiqmadi deb qandaydir kamsitish, oyligini kamaytirish yoki lavozimidan ozod etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aynan shunday holatlar majburiy mehnat deb baholanadi. Nasib qilsa, bu masalada jinoiy javobgarlik kiritiladi”, - deb qo‘shimcha qildi vazir.     

Yangiliklar lentasi
0