04:30 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Stroitelstvo mnogokvartirnыx jilыx domov v Andijanskoy oblasti

Yetim bolalarni turar joylar bilan taʼminlashga doir hujjat tayyorlandi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Qaror loyihasiga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joylarini bronlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joylarini bronlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtiriladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Bronlashtirilgan va biriktirilgan turar joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramogʻida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida turar joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.

Loyihada aytilishicha, vasiylik va homiylik organlari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarini belgilangan talablar boʻyicha saqlanishini nazorat qilish maqsadida turar joylarni bir yilda kamida ikki marotaba joyiga borib oʻrganadi.

Hujjat loyihasi 16 avgustgacha muhokama qilinadi.


Asosiy mavzular