00:14 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
549 0 0

Sal oldin Toshkent shahar hokimligining internet saytida eʼlon qilingan maqola sababli Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanovaga internet tarmoqlarida keskin tanqid toshlari otilgan edi

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilbar Najmutdinova ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan "jinoyatga moyil ayollar" toifalari haqidagi maqola sabab, jamoatchilik orasida yuzaga kelgan noxush vaziyat uchun Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonovadan uzr soʻradi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi telegram kanalida xabar berildi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIB hamda Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida jinoyatga moyil ayollar 23 ta toifasi tuzilgan edi. Bu roʻyxat kuni kecha internet olamida qizgʻin muhokama qilingan mavzulardan biri boʻldi. Kimdir ushbu holatni kulgiga olgan boʻlsa, yana kimdir mem yaratdi. Foydalanuvchilar orasida Oʻzbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovani tanqid qilganlar ham koʻp boʻldi.

Toshkent shahar hokimligining rasmiy bayonotida aytilishicha, "Tuman hokimliklari huzurida "Tezkor shtab" tuzildi" maqolasi ayrim blogerlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilingani jamoatchilik orasida tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan.

"Mazkur maqolada soʻz yuritilgan dastur aslida ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj, koʻmakni tashqaridan izlayotgan va umidsizlikka tushgan xotin-qizlarning muammolarini aniq, manzilli oʻrganib, ularni yechishga qaratilgan", - deyiladi izohda.

Shuningdek, hokimlik va xotin-qizlar qoʻmitasi "hurmatli OAV vakillari va blogerlardan axborot tarqatishda maʼlumotlarni toʻgʻri talqin qilishlarini" iltimos qilib qolgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Elmira Basitxanova Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida xotin-qizlarni tasniflaydigan, toifaga ajratadigan roʻyxatni shakllantirishga qatʼiyan qarshiligini bildirgan va internet tarmogʻida shov-shuvga aylangan "xotin-qizlarning 23 ta toifasi roʻyxati" tuzilishiga oʻzining hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan edi.

Basitxanova shu munosabat bilan jurnalistlar, blogerlar hamda internet foydalanuvchilaridan oʻz shaʼnimga aytilayotgan haqoratlarni toʻxtatishlarini soʻragan.

Asosiy mavzular