00:20 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
35510

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini 2025 yilga qadar rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Belorusskiye traktorы na vыstavke v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini 2025 yilga qadar rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi:

- yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining byudjet modelini ishlab chiqarish va respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun yangi milliy “brend”ni yaratish;

- bogʻdorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik yoʻnalishida texnika turlari ishlab chiqarishni kengaytirish va umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirish;

- tayyor mahsulot eksportini ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 2022 yilda 20 foizga, 2025 yilda esa 30 foizga yetkazish;

- korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini, xususan “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish, “GMS” ishlab chiqarishni boshqarish va “BIQ” sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish;

- qishloq xoʻjaligi uchun kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

- mashina-traktor parklarining mavjud texnikalari va boʻsh turgan yer maydonlarini optimallashtirish hamda ularni asosan taʼmirlash va servis xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashtirish.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

- 2019-2021 yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalari mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam boʻlmagan respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilganida texnika narxining 15 foizi miqdorida subsidiya berish;

- kombaynlarni xorijda xizmat koʻrsatish uchun tashish transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilish.

Asosiy mavzular