15:05 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
242 0 0

Buxoroda byudjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlariga jalb etilayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro shahridagi byudjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha tekshiruv ishlarini boshladi, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Kladbiщe - Xazrati Imom v Buxare
Kladbiщe "Xazrati Imom" v Buxare

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda byudjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlariga jalb etilayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Troll.Uz loyihasi blogeri maʼlumotlariga koʻra, maktab, bogʻcha va shifoxona ishchilari, askarlar bir oydan ortiq vaqt mobaynida ushbu ishlarga jalb qilinmoqda. Bu mehnat uchun hech qandan pul toʻlanmayapti.

Kladbiщe - Xazrati Imom v Buxare
Kladbiщe "Xazrati Imom" v Buxare

Eslatib oʻtamiz, undan oldin Oʻzbekiston Mehnat vazirligi Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazilgan ommaviy hasharni noqonuniy deb topgandi.

Mehnat vazirligi tomonidan hasharda ishtirok etgan “Azot” AJ, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi”, “Fargʻona Issiqlik energo markazi” MCHJ korxonalarda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini oʻrganish uchun 3 ta guruh komissiya tuzildi.

Asosiy mavzular