15:55 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
9284 0 0

Oliygohlarning bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlarining toʻrtinchi kuni natijalari eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlarining toʻrtinchi kuni natijalari eʼlon qilindi.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1 avgust kuni topshirilgan test sinovlaridagi eng yuqori ballar:

a) kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5330600 – Dasturiy injiniring taʼlim yoʻnalishi – 180,6 ball;

b) sirtqi taʼlim shakli boʻyicha:

Oʻzbekiston milliy universitetining 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi – 161,4 ball;

v) kechki taʼlim shakli boʻyicha:

Toshkent davlat pedagogika universitetining 5111700 – Boshlangʻiya taʼlim va sport-tarbiyaviy ish taʼlim yoʻnalishi – 135,3 ball.

Kecha va avvalgi kuni test topshirganlar oʻz ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Asosiy mavzular