01:16 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Xokim Ferganskoy oblasti publichno izvinilsya pered naseleniyem - video

“Boʻyin egib, uzr soʻrayman”: Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev

Facebook
Jamiyat
Havola olish
56410

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Rishton tumani aholisiga murojaat qildi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Rishton tumaniga borib, mahalliy aholi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida viloyat hokimi tumanda olib borilgan buzilish ishlarida yoʻl qoʻyilgan xatolar uchun kechirim soʻradi.

Shuhrat Gʻaniyev oʻz nutqida Rishton tumanida qurilish ishlarini amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarda faqat viloyat hokimi va tuman rahbarlari aybdor ekanini qayd etdi va bu Oʻzbekiston prezidentining bugungi kunda olib borayotgan islohotlariga va “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu gʻoyalariga hech qanday putur yetkazmasligi kerakligini taʼkidladi.

“Shaxsan viloyati hokimi sifatida hamma oldida boʻyin egib, taʼzim qilib, uzr soʻrayman”, - dedi hokim.

Shuningdek, u xatoga yoʻl qoʻygan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman hokimi, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari va qator mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilinganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Mehnat vazirligi 27-28 iyul kunlari Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazilgan ommaviy hasharni noqonuniy deb baholagan edi. Mehnat vazirligi tomonidan hasharda ishtirok etgan “Azot” AJ, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi”, “Fargʻona Issiqlik energo markazi” MCHJ korxonalarda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini oʻrganish uchun 3 ta guruh komissiya tuzilgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida qurilish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻygan va xalqning katta noroziligiga sabab boʻlayotgan rahbarlarni, jumladan, Fargʻona, Xorazm va Qashqadaryo viloyati hokimlarini qattiq tanqid ostiga olib, mamlakat obroʻsini nafaqat xalq, balki butun jahonga sharmanda qilayotganini qayd etib, xalqdan kechirim soʻrashlarini buyurgan edi.

Asosiy mavzular