22:03 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Kolyuchaya provoloka

IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini maʼlum qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Jamiyat
Havola olish
114220

Hozirgi “Jasliq” koloniyasida 395 nafar mahkum saqlanmoqda.

TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. “Jasliq” koloniyasida jazo muddatini ado etayotgan mahkumlar ilgari oʻzlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuboriladi. Bu ularning oila aʼzolari va yaqinlarining vaqt va pullarini tejashga yordam beradi, deya maʼlum qildi IIV vakili Bahrombek Odilov. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Hozirgi kunda u yerda 395 nafar mahkum saqlanyapti . IIV vakilining soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyatda qamoqxona toʻgʻrisida “turli mish-mishlar” tarqalgani sababli uni yopishga qaror qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, IIV huzurida qamoqxonani tugatish komissiyasi tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston  prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish toʻgʻrisida"gi qarori bilan Qoraqalpogʻiston Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilangan.

Ushbu koloniya Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumani, Jasliq qoʻrgʻoni hududida joylashgan. Koloniya 1999 yilda tashkil topib, bu yerda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar saqlanib kelmoqda. Qamoqxonadagi mahbuslarning 10 foizini diniy asoslar tufayli ozodlikdan mahrum etilganlar tashkil etadi.

Asosiy mavzular