22:20 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

“Biz ularning ortlaridan ulgurolmasdik”: Allamjonov Mirziyoyevning ish kuni haqida

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
51210

Komil Allamjonov prezidentning odatiy ish kuni nimalardan iboratligini aytdi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego᾽ga bergan intervyusida u prezident matbuot xizmati rahbari sifatida ishlagan vaqtida Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday koʻrinishda boʻlgani toʻgʻrisidagi savolga javob berdi.

Uning maʼlum qilishicha, prezidentning ish kuni u uchun tayyorlagan dayjestlar, turli xil maʼlumotnomalar bilan tanishishdan boshlanadi, keyin qabullar, uchrashuvlar, yigʻilishlar, jadval boʻyicha boshqa tadbirlar bilan kechadi. 

“Ertalab soat 9-9:30 da ish boshlanadi va qachon tugashi nomaʼlum. Biz doim: “Oʻzingizni ehtiyot qiling, juda koʻp ishlayapsiz”, deb koʻp aytardik. Kun shu ishlar bilan davom etardi va biz uyga juda kech qaytardik, dam olish kunlarisiz ishlardik”, - deydi Allamjonov.

Suhbatdoshining nega dam olish kunlarisiz, degan savoliga: “Menimcha, yigʻilib qolgan muammolar tinchlik va boʻshashishga imkon bermasdi”, - deya javob qaytardi.

Allamjonov bu savol energiya bilan bogʻliqligi,  darhaqiqat, hammani prezidentning bunchalar sergʻayrat inson ekanligi hayratlantirishini taʼkidladi.

“Biz ularning ortlaridan ulgurolmasdik. Prezidentimizdan yosh boʻlsam-da. Juda qattiq charchadim. Ular shu qadar gʻayratlilarki, menga oʻxshaganlarning 10 tasi yarim yoʻlda qolib ketadi. Ayniqsa, viloyatlarga safarga borganda. Soat 8:30 da aeroportda boʻlishimiz kerak edi. Buning uchun soat 6:30-7:00 da uygʻonish zarur. Yarim soat ichida biz, 8:30 da — Prezident kelardi. Samolyotga oʻtirib uchamiz. Samolyotdan tushishimiz bilan kortejga oʻtiramiz va qilinadigan ishlarning rejali dasturi juda zich tuzilgan boʻladi”, - deya tan oladi Allamjonov.

Uning soʻzlariga koʻra, prezident hatto yoʻlda oʻtgan har bir daqiqani samarali foydalanishni talab qiladi.

“Siz tasavvur qilolmaysiz, biz hatto suv yoki choy ichmaymiz, ovqatlanmaymiz, dam olmaymiz — trapdan tushishimizdan, obʼyektlarga borishni boshlagandan to tunggi 12 gacha ishlarni tugatmagunimizcha”, - deydi u.

“Buni tasavvur qila olasizmi? Biz holdan toyamiz, prezident esa hali tetik. Prezident xalqimiz bilan muloqot qilganda odamlarning muhabbatlari va qoʻllab-quvvatlashlarini his qilib, kuchga toʻlsalar kerak. Bu esa ishlashga ragʻbat beradi. Obʼyektlarga borib kelgandan soʻng, 3-4 soat davom etadigan yigʻilish boshlanadi. Unda muhim va dolzarb masalalar hal qilinadi. Tunggi soat 12 da majlisdan chiqamiz, charchaganmiz va prezident esa tetik holda 10-15 daqiqa tamaddi qilib, televizor orqali yangiliklarni kuzatadilar, matbuotni oʻqiydilar. Mana shunday aqlbovar qilmas rejim”, - deya fiklari bilan oʻrtoqlashadi Allamjonov.

Eslatib oʻtamiz, Komil Allamjonov 2017-2018 yillarda davlat rahbarining matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular