Toshkentda sayyohlik politsiyasi faoliyat yurita boshladi

© Xokimiyat goroda TashkentaV Tashkente poyavilas turisticheskaya politsiya
V Tashkente poyavilas turisticheskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda sayyohlik politsiyasi tuzilmasi to‘liq tarkibda shakllanadi. Ushbu bo‘linma shaharga kelayotgan turistlarning xavfsizligini ta’minlash hamda sayyohlik obyektlarida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajaradi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Toshkentda sayyohlik politsiyasi faoliyat yurita boshladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyidan Toshkent shahar IIBB qoshida Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmasi ish boshlagan. Bugungi kunda ushbu boshqarmaning 10dan ortiq xodimlari Toshkent shahridagi aeroportlar, vokzallar hamda sayyohlik obyektlarida faoliyat yuritmoqda.

Unikalniy patrul na skuterax poyavilsya teper v Xorezme - Sputnik O‘zbekiston
Turistik politsiya xodimlari avvalombor rus tilini bilishi kerak - IIV

Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamda Toshkent shahar IIBB mazkur bo‘linmaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish davomida Buxoro va Samarqanddagi Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari vakillari bilan uchrashib, ularning ish tajribasi bilan tanishdi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan faoliyat uchun muhim moddiy texnik bazani shakllantirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, ayni kunda avtobuslar, avtomobillar, skuter va motosikllar ishlashga shay. 2019-yil sentabr oyiga kelib tashkiliy ishlar nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida tatbiq etish, shuningdek, IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini rivojlantirish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0