01:56 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
183 0 0

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust kuni keng nishonlanadi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Toshkentda  11 avgust, Qurbon hayiti kuni avtobuslar soat 4:30dan yoʻnalishlarga chiqariladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Veruyuщiye na namaze v prazdnik Kurban-Bayram mecheti Serdtse Chechni v Groznom.
© Sputnik / Said Tsarnayev

Qayd etilishicha, bu poytaxt ahliga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Jome masjidlari atrofida “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlarining 5:00 dan 8:00 gacha navbatchiligi tashkil etiladi. Jome masjidlari oldidan oʻtuvchi yoʻllarda harakat vaqtincha cheklangan taqdirda avtobuslarni mazkur hududga yaqin, yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan yoʻllardan oʻtkazish choralari koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston shaharlarida Hayit namozini ado qilish vaqtlari maʼlum boʻlgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular