01:50 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
1061 0 0

Respublika boʻyicha olti oyda 46 ta holat qayd etilgan.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda voyaga yetmagan oʻsmir qizlarning homiladorlik holatlari soni koʻpaydi. Bu haqda UPL.uz nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, butun respublika boʻyicha 2019 yil birinchi 6 oyida voyaga yetmagan qizlarning homilador boʻlish 46 ta holat qayd etildi. Oʻtgan yili shu davr mobaynida 32 ta holat qayd etilgan edi.

Eng koʻp Toshkent viloyatida - 10 ta, Fargʻona viloyatida - 5 ta, Buxoro viloyatida - 3 ta, Samarqand viloyatida 2 ta holat aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Save The Children xalqaro reyting maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda bolalar yashash sifati yaxshilandi.

2019 yilda jahon hamjamiyati bolalar oʻlimi holatlar soni 4,4 milliongacha kamaytirishga erishdi. Maktab oʻquvchilar soni 115 millionga koʻpaydi. Shuningdek, 11 million erta turmushga chiqish holatlari oldi olindi.

Asosiy mavzular