01:40 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
715 0 0

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova Nukusda piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Qoraqalpogʻistonga yoʻl oldi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova Nukusda piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Qoraqalpogʻistonga yoʻl oldi.

Qoʻmita xabariga koʻra, Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib oʻrganadi va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlaydi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1 avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida — Ivan Savitskiy nomidagi muzey roʻparasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Tileoʻbiyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova bugungi tizimdan, Qoraqalpogʻistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi boʻlib kelishilmagan namoyishga chiqqani va buning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga hamda piketni tasvirga olmoqchi boʻlgan boshqa fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgani haqida xabar joylashtirildi.

Toshkent shahar hokimligi vakili Basitxanovadan uzr soʻradi

Natijada qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda “V Nukuse na ploщadi Svobodы razognali aktsiyu protesta” sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi shaʼniga dogʻ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan. Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.

Asosiy mavzular