16:22 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekiston jamoasi “Tank biatloni”da eng yaxshi natija bilan yarim finalga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (25)
42021

Oʻzbekiston harbiylari 11 davlat jamoasi ishtirok etayotgan guruhda eng yaxshi natijani qayd etib, yarim finalga chiqdi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Xalqaro armiya oʻyinlarining “Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari eng yaxshi natija bilan yarim finalga yoʻl oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yakka tartibdagi poyga bahslariga kichik serjant Jobirbek Imomnazarov boshchiligidagi ekipaj aʼzolari yakun yasab berdi. Shuning bilan “Tank biatloni” musobaqasining guruh bahslariga yakun yasaldi.

Natijalarga koʻra, Oʻzbekiston harbiylari 11 davlat jamoasi ishtirok etayotgan guruhda eng yaxshi natijani qayd etib, yarim final masalasini hal etishdi. Soʻnggi bahsda mexanik-haydovchi serjant Karimbek Oʻrinov oʻz bilim va mahoratini namoyish etib, ekipajni qisqa vaqt ichida beligalagan nishonlarni yakson etib, finish chizigʻini bosib oʻtishini taʼminladi.

Shunday qilib, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida birinchi bosqich yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan birga yana 7 ta jamoa yarimga finalga yoʻl oldi. Sudan, Zimbavbe va Angola jamoalari musobaqani tark etdi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (25)

Asosiy mavzular