08:35 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi aʼzolari yodga olindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
35210

Bundan roppa-rosa 40 yil muqaddam “Paxtakor-79” jamoasi mashʼum aviahalokat qurboniga aylangan edi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentdagi  Botkin qabristonida 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat oqibatida qurbon boʻlgan “Paxtakor” futbol klubi aʼzolarini yodga olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova soʻzga chiqdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Oradan 40 yil oʻtdi. Oʻlim haqidagi guvohnomalardagi nohaqlikni toʻgʻirlash fursati allaqachon yetib kelgan: “ishlab chiqarishdan tashqari hodisa”. Ular taqvim boʻyicha oʻyinga uchib ketishayotgan edilar, qayd esa bunday bitilgan... Bu juda muhim”, - dedi Tazetdinova.

U oʻzgartirish kiritish nafaqat halok boʻlganlarning oilasi, balki adolat uchun ham muhim sanalishini taʼkidladi.

“Men dastlabki oʻn yillikda bu qaydni oʻzgartirish uchun harakat qildim, biroq behuda. Menga bunda yordam berishlaringizni soʻrayman. U yerda “ishlab chiqarishdagi hodisa” deb koʻrsatilishi zarur”, - deya hisoblaydi Alla Tazetdinova.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Vdova trenera kluba Idgaya Tazetdinova — Alla Tazetdinova — v okrujenii pochetnыy gostey i veteranov futbola.

Marosimda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida toʻp surgan, keyinchalik Gretsiyaga koʻchib ketgan taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis ham ishtirok etdi.

“Halok boʻlgan futbolchilari bilan bamisoli ogʻa-ini  edik. Bilasizmi, men Toshkentning “Paxtakor”ini unutib qoʻyganim yoʻq, Gretsiyada bergan intervyularimda hamisha u haqida gapirib berman, - dedi Xadzipanagis. Ularning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sovetskiy i grecheskiy futbolist Vasilis Xadzipanagis.

1979 yilning 11 avgust sanasi “Paxtakor” jamoasi aʼzolari samoda halokatga uchrashgan. Aviahalokat oqibatida jamoaning deyarli barcha oʻyinchilari halok boʻlgan. Anʼanaga koʻra har yilning 11 avgust kuni shonli jamoa vakillari yodga olinadi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Otrestavrirovannыy monument pamyati "Paxtakora-79".

Asosiy mavzular