00:55 22 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sbor urojaya xlopka

"Paxtaga byudjet tashkilotlari chiqmaydi": Mirziyoyev amaldorlarni hozirdan ogohlantirdi

© Sputnik / Denis Abramov
Jamiyat
Havola olish
481 0 0

Selektorda soʻzga chiqqan viloyat hokimlaridan biri prezidentga bu yil paxta yaxshi boʻlayotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytgan.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi, deya xabar bermoqda "Kun.uz" nashri.

12 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 

Unda prezident koʻplab masalalarga toʻxtalib oʻtdi.

Selektorda soʻzga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Roʻziyev bu yil paxta yaxshi boʻlayotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

Nashrning yozishicha, Mirziyoyev Roʻziyevning paxta haqidagi gaplaridan soʻng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga byudjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib oʻtdi.

"Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta byudjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin", — deya iqtibos keltirgan Oʻzbekiston rahbari soʻzlaridan nashr.

Asosiy mavzular