Andijonda turmushidan ajragan ayollar ro‘yxati yuzasidan qo‘shma bayonot berildi

Obuna bo‘lish
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi Andijonda xalq ta’limi sohasidagi ayollarning “sirli ro‘yxati” yuzasidan qo‘shma bayonot berdi

Qayd etilishicha, ikki vazirlik birgalikda mazkur voqelikni jiddiy o‘rganib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Elmira Bositxonova Nukusda namoyish o‘tkazgan ayollarning muammolarini o‘rgandi

Ro‘yxatda qayd etilgan ayollar roziligi olingan holda suhbatga yuborilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashni xohlamaganlar esa ro‘yxatdan o‘chirilgan va suhbatga chaqirilmagan.

“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ro‘yxatning tuzilishiga mutlaqo aloqasi yo‘qligiga qaramay, jamoatchilik oldida mas’uliyatni his qilgan holda, tegishli idoralar bilan birgalikda yuqoridagi savollarga javob izladi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ushbu ro‘yxatdagi ayollar masalasida aholining vahimaga tushishiga o‘rin yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0