03:42 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Orosheniye zemli

Oʻzbekistonda suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiya ajratiladi

CC0 / pixabay.com
Jamiyat
Havola olish
132 0 0

Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bogʻ va issiqxona xoʻjaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bogʻ va issiqxona xoʻjaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

2019 yil va undan keyingi yillardagi xarajatlarini qoplash boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

- tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan 1 gektar maydon uchun bir martalik 6 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;

- maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stantsiyasini qurishga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda.

Subsidiya mablagʻlari 2019 yilda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi jamgʻarma hisobidan, 2020 yildan boshlab esa jamgʻarma hamda davlat byudjetidan teng ulushlarda ajratiladi.

Xarajatlarning bir qismini qoplash istagini bildirgan ishlab chiqaruvchilar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha vakolatli loyiha institutining loyihasi;

- tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

- amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1 mayga qadar kelgusi yilda sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yakuniy roʻyxatini shakllantirib hukumatga taqdim etadi.

Asosiy mavzular