03:55 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekiston tankchilari gʻalaba qozonib, finalga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
67910

Oʻzbekiston tankchilari “Tank biatloni”da final bosqichiga chiqdi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. “Tank biatloni”da toʻrtinchi yarim final bosqichida Oʻzbekiston jamoasi eng yaxshi natija erishdi va final bosqichiga yoʻl oldi.

Toʻrtinchi yarim final bosqichida Oʻzbekiston, Laos, Kuba va Quvayt jamoalari oʻz mahoratlarini namoyish qildi.

Oʻzbekiston tankchilari yarim finalda eng yaxshi natija koʻrsatdi: tankchilar 2 soat 37 soniyada finishga yetib keldi va 10 ta nishoni yakson qildi.

Boshqa ishtirokchilar Kuba jamoasi 10 ta, Quvayt – 3 ta va Laos – 2 ta nishonga tegdi. Oʻyin davomida Laos jamoasi qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻygani uchun bellashuvdan chetlashtirildi.

Musobaqada T-72 B-3 tankini boshqarish, toʻsiqlardan oʻtish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizigʻiga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib oʻtamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular