07:33 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Ploщad Registan, Samarkand

Samarqand viloyatida sektor rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibi ishlab chiqildi

Foto / Irina Pasxina
Jamiyat
Havola olish
169 0 0

Samarqand viloyatining tuman va shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tayyorlandi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. “Samarqand viloyati tuman va shahar sektorlari rahbarlarining hududlarni kompleks rivojlantirishdagi javobgarligini oshirish va yuqori natijalarga erishgan rahbarlarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

- uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;

- ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obʼyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obʼyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subʼyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish;

- fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish.

“sektorlarga biriktirilgan hududlarlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarni sifatli tashkil etish va ular samaradorligi uchun tegishli sektor rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihaga Samarqand viloyatining tuman va shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

Baholash natijalariga koʻra tuman va shaharlar kesimida eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 3 ta sektor rahbarlari jamlagan baliga tegishincha:

- keyingi baholash davriga qadar lavozim maoshining 200 foizi miqdoridagi shaxsiy ustamalar belgilash;

- respublika hududida joylashgan sanatoriya-sogʻlomlashtirish maskanlariga sektor rahbari va uning oila aʼzolariga bepul yoʻllanmalar berish;

- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻlari berish bilan ragʻbatlantiriladi.

Asosiy mavzular