17:37 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Komil Allamjonov OAV va blogerlarni ogohlantirdi

© Fb
Jamiyat
Havola olish
312 0 0

Allamjonovning maʼlum qilishicha, veb-resurs egasi Internet tarmogʻiga axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligini aniqlagan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Allamjonovning maʼlum qilishicha, veb-resurs egasi Internet tarmogʻiga axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligini aniqlagan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.

U amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda bunday xatti-harakatlarning taʼrif-tavsifi va ularga belgilangan jazolar aniq koʻrsatib oʻtilganini eslatib oʻtgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunida: “Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi”, deb belgilangan.

Shuningdek, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunda: “Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari oʻzlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar, deya qayd etilgan.

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, veb-saytning yoki veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger Internet tarmogʻidagi oʻz veb-resursi orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatishi qatʼiy man etilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga koʻra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Jinoyat kodeksining 140-modaasiga muvofiq esa, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Taʼkidlanishicha, nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilish — eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Eslatib oʻtamiz, AOKA  Facebook’da Komil Allamjonov shaʼniga kamsituvchi sharhlar joylagan soxta profillarni aniqlagani xabar qilingan edi. Agentlik bayonotida aytilishicha, “Ozodlik” radiosi 48 ta soxta akkaunt yordamida AOKA rahbariyatiga qarshi qasddan salbiy axborot kampaniyalarini tarqatgan.

Asosiy mavzular