08:15 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Qarshida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ 124,2 mln soʻm jarima toʻlaydi

Press-slujba Ministerstva energetiki Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
187 0 0

Isteʼmolchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) oʻrnatgan.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Qarshi tumanidagi isteʼmolchi “Islom Muxtor Hamkor” MCHJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishdagi yashirincha oʻgʻirlik turi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Bildirilishicha, isteʼmolchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) oʻrnatgan. Ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib oʻtayotgan elektr energiyasini hisobga olmagan.

“Oʻzenergoinspektsiya”ning Qashqadaryo hududiy boʻlimi mutaxassisi xulosasi asosida isteʼmolchi “Islom Muxtor Hamkor” MCHJ ushbu qoidabuzarlik boʻyicha 124 222 250 soʻm jarimaga tortildi.

Asosiy mavzular