20:00 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Obщestvennыy transport v Tashkente

Ertadan boshlab Toshkent jamoat transportida yoʻlkira narxi oshadi

© tashtrans.uz
Jamiyat
Havola olish
48710

Toshkent jamoat transportida yoʻlkira narxi qanchaga oshishi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. 15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yoʻlkira narxi 1400 soʻmni tashkil etadi. Agar foizda hisoblansa, yoʻlkira haqi 16,7 foizga oshadi. Oylik yoʻlkira kartochkalarining narxi oʻzgarmaydi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metroda yoʻlkira haqini 16,7 foizga oshirish hamda uni har bir safar uchun 1400 soʻm miqdorida belgilash haqida taklif kiritgan. Bunda oylik yoʻl kartochkalari narxini hozirgi darajada saqlab qolish toʻgʻrisidagi qarorga kelingan.

Ish haqining oshishi va yoqilgʻi hamda ehtiyot qismlari narxlarining koʻtarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash va shahar transportida yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha maʼlumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.

15 avgustgacha yoʻlkira haqi 1200 soʻmni tashkil etgan boʻlib, ushbu tarif 2016 yil aprel oyida oʻrnatilgan, oʻshanda ham yoʻlkira narxi 200 soʻmga koʻtarilgandi.

Asosiy mavzular