O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii
Voyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida joriy yilning 5-avgustida boshlangan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasida o‘zbekistonlik razvedkachilar sharafli ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Birinchi o‘ringa Hindiston jamoasi loyiq deb topildi. Ikkinchi o‘rin Rossiya harbiylariga nasib etdi.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Xitoy, Hindiston va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro bellashdi.

Uzbekskie injeneri prolojili sebe put k tretyemu mestu pyedestala pocheta - Sputnik O‘zbekiston
“ArMI — 2019”: O‘zbekistonlik muhandis-saporlar uchinchi o‘rinni egalladi

Tanlov beshta – “Desant bo‘lib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so‘qmog‘i”ning kompleks to‘siqlarini yengib o‘tish”, “O‘q otish” va “Razvedka bo‘linmasining vazifani bajarganidan so‘ng yig‘in punktiga chiqishi” bosqichlaridan iborat bo‘ldi.

So‘nggi – beshinchi bosqichda o‘zbekistonlik razvedkachilar yuqori natijalarni ko‘rsatib, qurol-aslahalar va to‘liq jangovar ekipirovkada suvli to‘siqdan suzib o‘tish shartini 13 daqiqayu 22 soniyada bajarib, musobaqa rekordini o‘rnatishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning “Otar” bazasi poligonida minomotchilar hisobi o‘rtasida o‘tkazilgan “Artilleriya olovi ustalari” xalqaro tanlovida O‘zbekiston faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0