O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida g‘alaba qozondi

© SputnikUzbekskie bolelshiki na tribunax po itogam finala "Tankovogo biatlona"
Uzbekskie bolelshiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bosqichida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” ikkinchi divizioni final bahsida g‘alaba qozondi.

Uzbekistan v finale Tankovogo biatlona - pramaya translyatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tankchilari final bahsida - translyatsiya yakunlandi

O‘zbekiston tankchilari jangovar mahoratlarini namoyish qilib, Vyetnam, Kuba va Uganda harbiylarini ortda qoldirdi. O‘zbekiston jamoasi finishga birinchi bo‘lib yetib keldi: tankchilar marraga 1 soat 57 daqiqada keldi va 13 ta nishonni yakson qildi.

Musobaqada tankchilar T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0