05:09 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
221 0 0

Oʻzbekistonda “ArMI-2019” doirasida oʻtkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovi yakunlandi. Oʻzbekiston jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. “Forish” togʻ poligonida V Xalqaro armiya oʻyinlari doirasi Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻzbekiston harbiylari birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri voqea joyidan xabar qildi.

“Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining final bosqichida “Xalqaro tanlov gʻolibi” nominatsiyasi boʻyicha umumjamoa hisobida Qozogʻiston ikkinchi, Rossiya esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, Gentra avtomobili bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Oʻzbekiston mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi.

  • Kubok i diplomы dlya pobediteley Voyenno-meditsinskoy estafetы
    Kubok i diplomы dlya pobediteley "Voyenno-meditsinskoy estafetы"
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
  • Salyut v chest zaversheniya konkursa Voyenno-meditsinskaya estafeta na ArMI-2019
    Salyut v chest zaversheniya konkursa "Voyenno-meditsinskaya estafeta" na ArMI-2019
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
  • Xokim Djizakskoy oblasti Ergash Saliyev nagrajdayet prizerov Voyenno-meditsinskoy estafetы
    Xokim Djizakskoy oblasti Ergash Saliyev nagrajdayet prizerov "Voyenno-meditsinskoy estafetы"
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
  • Uchastnitsa ArMI iz Uzbekistana Liliya Manasыpova na tseremonii nagrajdeniya
    Uchastnitsa ArMI iz Uzbekistana Liliya Manasыpova na tseremonii nagrajdeniya
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
1 / 4
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Kubok i diplomы dlya pobediteley "Voyenno-meditsinskoy estafetы"

Individual musobaqalarda Oʻzbekiston yaxshi koʻrsatgichlarga erishdi. Masalan, Liliya Manasipova toʻsiqlardan oʻtishda rekord oʻrnatdi.

“Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasining tantanali yopilish marosimi kontsert dasturi va mushakbozlik yakunlandi.

Eslatib oʻtamiz, 4—15 avgust kunlari Oʻzbekistonda ilk bor Xalqaro armiya oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Qiziqarli bahs va munozaralarga toʻla boʻlgan 12 kun davomida 11 ta davlatning 200 nafarga yaqin harbiy-tibbiyot mutaxassislari nafaqat yuqori malaka va mahoratlarini namoyish qilishdi, balki harbiy birodarlik va doʻstona munosabatlarni ham koʻrsatishdi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular