18:34 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
98 0 0

IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik.  IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, UY JOY QURILIS MCHJ bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan har oy yakuni boʻyicha mahkumlarga haqiqatda bajarilgan ish hajmidan hamda tasdiqlangan razryad va bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib, 800 ming soʻmdan 2,7 mln. soʻmgacha boʻlgan miqdorda oylik maoshi hisoblanib kelinmoqda.

“Qurilish obʼyektlarida ishga jalb qilingan mahkumlarga oylik ish haqlari belgilangan tartibda hisoblanib, ularning ish haqidan noqonuniy ravishda ushlanmalar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Asosiy mavzular