18:37 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
58910

Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxatni tasdiqladi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur Roʻyxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan yoʻllanma olgan shaxslarga byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Roʻyxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma olish uchun mijoz yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi.

Imtiyozli toifaga kiradigan yoʻllanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.

Zarurat boʻlganda Sogʻliqni saqlash vazirligi va hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun oʻzining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Asosiy mavzular