18:38 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
701 0 0

Oʻzbekistonda 15 avgust kuni oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari barcha hududlarda toʻliq yakunlandi.

TOSHKENT, 16 avg - Sputnik. Adliya vazirligi abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha maʼlumot test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini eslatdi.

Talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilinishi mumkin.

Belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilish Oliy taʼlim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadi.

Qoʻshimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy taʼlim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.

Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan toʻlov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qoʻshimcha qabul qilish koʻrsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.

Asosiy mavzular