19:15 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
27810

Angren shahrida keyingi yil ishga tushirish rejalashtirilgan zavodda 300 ta yangi ish oʻrinlar ochiladi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. “Angren” erkin iqtisodiy zonasida Markaziy Osiyoda yetakchi boʻladigan mineral yung ishlab chiqaruvchi yangi “ANGREN INSULATION” zavodi qurilishiga start berildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida ham investitsiya jalb etish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi mazkur zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini barpo etish uchun bosqichma-bosqich 40 million dollardan ortiq sarmoya kiritilishi moʻljallanmoqda.

2020 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxonada 300 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Dunyo yetakchi firmalarining 50 ming tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan liniyalari bilan jihozlanadi.

Qurilish jarayonida mineral yung izolyatsiyasidan foydalanish energiya tejash koʻrsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi va har qanday binoning energiya samaradorligini yaxshilaydi. Qurilish kompaniyalari va aholi tomonidan mineral yungdan foydalanish yiliga kamida 10 milliard kubometr tabiiy gazni tejash imkonini yaratadi.

Asosiy mavzular