18:13 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
90110

Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha hujjat tayyorlandi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Moliya vazirligining “Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi tayyorlandi.

Baxodir Umurzakov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Hujjatga pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish ilova qilingan.

Xususan, nizomning 5-bandi oltinchi xatboshisidagi “ishga joylashganligini yashirish” degan soʻzlar “qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish” degan soʻzlar bilan almashtirish taklif etilgan.

12-bandda uchinchi xatboshidan “, pensiya va nafaqalar toʻlangan vaqtda ishga joylashganligini yashirish” degan soʻzlar chiqarib tashlash yozilgan. Nizomda komissiya qarori asosida 30 foizlik chegirma miqdorlari belgilangan.

Shuningdek, toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirish taklif etilgan.

Nizom talablariga koʻra, chegirma miqdori sud qarori bilan belgilangan holatlarda, chegirma sud qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalar: sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qaroriga binoan — pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.

Asosiy mavzular