Yandeks o‘zbek tilida ham yangiliklar chiqara boshlaydi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tish"Yandeks" zapustil novoe prilojenie
Yandeks zapustil novoe prilojenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yandeks.Novosti o‘z hamkorlaridan yangiliklarni olib, ularning ro‘yxatini tuzadi, rubrikalarga bo‘ladi va eng muhimlarini ajratib o‘z sahifasida aks etadi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Yandeks.Novosti  xizmati yaqin vaqt ichida o‘zbek tilida yangiliklarni jamlash va chop etishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.  

“Odamlar voqealar haqida to‘liq va obyektiv ma’lumot olishlari kerak. Shuning uchun biz rus tilida ham o‘zbek tilida ham barcha yangiliklarni ko‘rsatishni istaymiz. Rus tilida ishlayotgan mahalliy OAVlar bizga o‘z materiallarini berishni boshlagan. Biz o‘zbek tilidagi materiallarni olishdan ham umidvormiz. O‘shanda foydalanuvchilar barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishadi”, - dedi Yevgeniy Lukyanchikov, Yandeksning O‘zbekistondagi mahalliy direktori.

Ayni damda Yandeks.Novosti O‘zbekistonda faqat rus tilida yangiliklarni chop etmoqda. Xizmat o‘z hamkorlaridan yangiliklarni olib, yangiliklar ro‘yxatini tuzadi, ularni rubrikalarga bo‘ladi eng muhimlarini ajratadi. Bir mavzudagi xabarlar sujetlarga jamlanadi. Yandeks.Novosti sahifasida nima bo‘lganini va qaysi OAV bu haqida qanday yozayotganini bilish mumkin.

Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Yandeks o‘z serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin

Lekin Yandeks.Novosti xizmati yangiliklarning to‘liq matnini chop etmaydi. U o‘z sahifasida faqat xabar mavzusini uning bir bo‘lagni ko‘rsatadi. Foydalanuvchi xabarni to‘liq o‘qimoqchi bo‘lganda havola bo‘yicha OAV sahifasiga kiradi.

Yandeks.Novosti O‘zbekistondagi va dunyodagi eng muhim xabarlarni aks ettiradi. Odatda bu inson ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Asosiy yangiliklar tanlashda Yandeks OAVning nufuzini va chiqarilayotgan materiallar sonini ham hisobga oladi.

Ha aytmoqchi, Yandeks faqat eksklyuziv materiallarni chop etadi. Ko‘chirilgan maqolalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. 

Yangiliklar lentasi
0