19:04 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
160 0 0

Dastlabki xulosalarga koʻra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin boʻlishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Rossiyaning Samara shahrida ommaviy zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolari 3 oygacha shifoxonada qolishlari mumkin. Bu haqida Sputnik muxbiriga Oʻzbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi vakili xabar qildi.  

“Davolanish uzoqligi 80-90 kungacha boʻlishi mumkin. Hammasi bemor organizmining individual xususiyatlariga bogʻliq. Ayni damda Samaradagi shifoxonadagi bemorlarning ahvoli stabil. Ular qon tozalash jarayonidan oʻtmoqda. Shifokorlar aytishiga qaraganda kasalxonada qon va qon tozalovchi preparatlar bilan muammo yoʻq”, - deydi Bosh konsuxona vakili.   

Bemorlarning oʻzi esa tezroq shifonxonadan chiqib ishga qaytishni xoxlashmoqda. Ular ish mavsumi tugab maoshsiz qolishdan xavotirda.

Oldin xabar berganimizdek, Samarada zaharlangan bemorlar “Koshelevskiy posad” korxonasida qonuniy ishlagan. Rossiya mehnat qonunchiligiga asosan ularga “kasallik varaqasi”ga asosan kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishi kerak.

Moskvaga FVV samolyotida olib kelingan 4 nafar bemorning ahvoli – ogʻir. Ular Gematologiya institutining jonlantirish (reanimatsiya) boʻlimida joylashtirilgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi ushbu ommaviy zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda. Zaharlovchi modda organizmga qanday kirib qolgani ham maʼlum emas - ish jarayonidami yoki ovqat bilan.

Dastlabki xulosalarga koʻra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin boʻlishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

Maʼlumot uchun, zookumarin - kemiruvchilarga qarshi zahar boʻlib, undan qishloq xoʻjaligida foydalaniladi.

Eslatib oʻtamiz, 18 iyul kuni Samara viloyatida 69 nafar Oʻzbekiston fuqarolari nomaʼlum moddadan zaharlanib shifoxonaga tushib qolgani xabar qilingan edi. Keyinchalik ularning 20dan ortigʻi sogʻligi yaxshilanini munosabti bilan kasalxonadan chiqarib yuborilgan. Ayni damda 48 nafar kishi Samara va Tolyatti shifonalarida qolmoqda.

Asosiy mavzular