09:08 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
658 0 0

Xalqaro armiya oʻyinlarida nisbatan yangi ishtirokchi boʻlgan Oʻzbekiston 39 mamlakat orasida sharafli beshinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. ArMI-2019 xalqaro oʻyinlarida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston beshinchi oʻrinni egalladi. Nisbatan yangi ishtirokchi uchun munosib natija desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Bu yil beshinchi marotaba oʻtkazilayotgan xalqaro armiya oʻyinlari jami 39 mamlakat ishtirok etdi. Har bir mamlakat oʻz tanloviga koʻra istalgan konkurslarda ishtirok etishi mumkin edi.

Oʻzbekiston jamoasi 14ta konkurlarda ishtirok etib 2 ta oltin 4ta kumush va 5 ta  bronza medallarni qoʻlgan kiritdi.

Tanlovning mutlaq gʻolibi deb Rossiya jamoasi topildi. Ular 32ta konkursda ishtirok etib 15ta oltin, 12ta kumush va 3ta bronza medallarni qoʻlga kiritishdi.

Ikkinchi oʻrinda Xitoy jamoasi 15ta konkursda ishtirok etib 4ta oltin 6ta kumush va 2ta bronza medallar sohibi boʻlishdi.

Uchinchi oʻrinni 3ta oltin, 2ta kumush va 8ta bronza medal bilan Qozogʻiston jamoasi egalladi.

Belarus esa 18ta konkursda ishtirok etib 2 ta oltin,6 ta kumush va 3ta bronza medallarga sazovor boʻldi.

Medalnыy reyting stran uchastnits ArMI-2019
Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular