Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonga safari davomida prezident Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

Safar davomida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan. Tashrif ikki kunga mo‘ljallangan, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib u yerda turli sohalar rivojlanishi va yangi loyihalar, mahalliy aholining turmush tarzi va kayfiyatlari bilan tanishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0