00:56 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
395 0 0

Amerikalik mutaxassislar shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda kimlar shaxsiy hayotda muvaffaqiyatliroq ekanini aniqlashdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Amerikadagi Kinsi nomidagi institut psixologlari oʻz yozishmalarida emodzini (smaylik) tez-tez ishlatuvchi kishilar boshqalarga qaraganda koʻproq uchrashuvga chiqishlari va umuman shaxsiy hayotda muvaffaqiyatli ekanliklarini aniqlashdi. Tegishli maqola Plos One jurnalida chop qilingan.

Mutaxassislar onlayn soʻrov oʻtkazishgan va unda 5 mingdan ziyod oila qurmagan amerikaliklar ishtirok etishgan.

Maʼlum boʻlishicha, soʻrovda ishtirok etganlardan 38 foizi yozishmalarida umuman emodzi ishlatmaydi, 29 foizi kamdan-kam ishlatadi, yana 30 foizi esa muntazam ravishda ishlatadi. Respondentlarning atigi 3 foizi har bir jumlasida emodji qoʻllashini tan olgan.

Psixologlarning soʻzlariga qaraganda, soʻrov oʻz yozishmalarida emodzini tez-tez ishlatuvchi kishilar shaxsiy hayotda muvaffaqiyatliroq ekanini koʻrsatgan. Bunday kishilar koʻproq uchrashuv belgilashadi va yuqori jinsiy faollikka egalar. Maqola mualliflari soʻrovda ishtirok etganlar aynan qaysi emodzilarni ishlatishganiga oydinlik kiritishmagan, biroq ularning sevgi bobida omadlari chopganiga eʼtiborlarini qaratishgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik taʼsir koʻrsatishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular