Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u ayrim hollarda kuch ishlatishi mumkin.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi ichki ishlar xodimi qaysi hollardan kuch ishlatishga haqligi borasida eslatma bilan chiqdi.

Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni  kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan, kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin:

  • jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
  • jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
  • ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.

Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.

Yangiliklar lentasi
0