Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbarlari 20 million dollar pora olgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRavshan Ibragimov
Ravshan Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 million dollar pora olgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbariyati 12-yilga qamaldi.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq rahbarlari uzoq muddatlarga qamaldi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi nashri Oliy sud matbuot xizmatiga asosan.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rahbariyati hibsga olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentiligi rahbariyatining 20 nafar xodimlari 2018-yilning 14-20 noyabr kunlarida hibsga olingan edi. O‘shanda ushbu muassasa rahbariyati fuqarolarni Koreyaga ishga jo‘natish jarayonida 20 million dollar pora olganlikda gumon qilingan edi. Bir necha kun o‘tganidan so‘ng Bosh prokuratura tomonidan ushbu xabar tasdiqlandi.

Oliy sud tomonidan agentlikning sobiq rahbarlari firibgarlik, pora berish, kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanishda aybdor topilgan. Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudin 19-avgustda quyidagi hukmni chiqargan::

  • Ibragimov Rovshan - Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq boshlig‘i – 12-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
  • Ulug‘bek Nazarov - Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari – 12-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
  • Alijon Abdullayev - Agentlikning Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganlarni topish va ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan – 11-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
  • Ozod Maxsudov - Agentlikning Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi direktori lavozimida ishlagan – 11-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 210 (pora olish), 211 (pora berish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 278-2 (kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Yangiliklar lentasi
0