Moskvada Toshkent kunlari bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Hozirda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Moskvada Toshkent kunlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ayni kunlarda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Delegatsiya a’zolari dastlab Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etishgan.

Ta’kidlanishicha, o‘zaro muloqot davomida tomonlar Moskva shahrida “Toshkent kunlari”ni o‘tkazish masalasini atroflicha muhokama etishgan.

Bektemir tuman hokimi Shohruh Mamajonov boshchiligidagi Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi tashrif davomida Moskva shahar Savdo sanoat palatasida bo‘lib, uning mutasaddilari bilan uchrashishdi.

Yig‘ilishda Moskva shahar SSP vitse-prezidenti Suren Vardanyan toshkentlik tadbirkorlarga Moskva shahridagi biznes muhiti, iqtisodiy shart-sharoitlar borasida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida fikr almashishdi.

Yangiliklar lentasi
0