Toshkentda rashkchi er o‘z xotini jazmanini jinsiy a’zosidan mahrum qildi

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xotini internetda boshqa erkak bilan yozishayotganidan xabar topgan rashkchi er, o‘ch olishning vahshiyona usulini tanladi

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Toshkentda rashkchi er o‘z xotini bilan yozishgan erkakning jinsiy a’zosini kesib oldi, deb xabar bermoqda mahalliy internet nashrlar.

Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulistonda rashk tufayli sodir etilgan qotillik tafsilotlarini ochiqladi

Xabarda aytilishicha, maktablarning birida dars beruvchi ayol ta’lim maskanida qorovul bo‘lib ishlaydigan erkak bilan internetda yozishib yurgan. Eri shubhalanib qolmasligi uchun ayol o‘z jazmani telefon raqamini "Maqsuda opa" nomi bilan saqlab qo‘ygan.

O‘zaro janjaldan so‘ng, er xotinining telefonini tekshirib ko‘radi va "Maqsuda opa"dan kelgan "seni sog‘indim", "sevaman", "bag‘rimga bosishni xohlayman" degan xabarlarga ko‘zi tushadi.

Shundan so‘ng, ayolning turmush o‘rtog‘i ertasi kuni kechasi maktab tomon yo‘l oladi va qorovul bilan uchrashadi. Unga ayoli bilan qanday munosabatda ekanligidan xabardorligini ma’lum qiladi. Muloqot vaqtida, g‘azab otiga mingan er qorovulni urib hushidan ketgazgan va so‘ngra uning jinsiy a’zosini kesib olgan.

Ayni vaqtda ayblanuvchi qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qurbon holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0