O‘zbekistondagi deyarli barcha attraksionlar xavfli deb topildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishOtkritie festivalya piva "Oktoberfest"
Otkritie festivalya piva Oktoberfest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda foydalanilayotgan attraksionlarning aksariyati Xitoyda ishlab chiqarilgan, ayrimlari esa qo‘llbola uslubda O‘zbekistonda yasalgan.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston hududidagi istirohat bog‘larida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan attraksionlarning barchasi inson hayoti uchun xavfli ekanligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Bu haqda maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor G‘ulomov ma’lum qildi.

– Madaniyat va istirohat bog‘laridagi attraksionlarning aksariyati foydalanish talablariga javob bermaydi. Yurtimizga ko‘p attraksionlar xorijiy davlatlardan, xususan, Xitoy Respublikasidan olib kelinadi. O‘zimizda ham ishlab chiqarilayotgan attraksionlar bor. Ammo yetarli tajribaga ega konstruktorlar yo‘qligi sababli yurtimizda ishlab chiqarilayotgan attraksionlar talabga to‘liq javob bermaydi. Bu holat esa inson hayoti uchun xavflidir, – dedi Baxtiyor G‘ulomov.  

G‘ulomov aytishiga qaraganda, 28-iyunda Jizzaxda sodir bo‘lgan inson o‘limi bilan bog‘liq fojia ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan attraksionda ro‘y bergan.

Ushbu baxsiz hodisadan so‘ng mahalliy hokimiyat, Favqulodda vaziyat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, “O‘zenergoinspeksiya” hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi vakillaridan iborat 16ta komissiya tuzilib butun Respublika bo‘ylab 1 845ta attraksionlar tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Attraksion v parke - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda harakatdagi attraksion ikkiga bo‘linib ketdi - dahshatli video

Tekshiruv natijasida aniqlanishiga ko‘ra, 1 292 ta attraksionda texnik pasport yo‘qligi, 1106 tasida - kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazish jurnali yo‘qligi, 928ta  attraksionda - ishlatish va o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud emasligi aniqlangan. Undan tashqari attraksionlarga biriktirilgan xodimlarning 1 258 nafarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi maxsus guvohnomalar yo‘q va ular texnikadan foydalanish tartib qoidalarini mutlaqo bilmasligi aniqlangan. Shuningdek 854 ta attraksionda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas.

Kelgusida bolalar hayoti va sog‘ligi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi taklifiga binoan 2017-2019 yillar oralig‘ida madaniyat va istirohat bog‘lariga o‘rnatilgan attraksionlar sertifikatlashtirilib, ularga biriktirilgan xodimlar maxsus kurslarda o‘qitiladi. Attraksionlar qurish va ishga tushirishdan oldin texnik ko‘rik va sinovlardan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0