RAVON avtomobillari Rossiya bozoriga qaytdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravon yangilangan narxlar bilan Rossiya bozoriga qaytdi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.  

"Hurmatli Ravon brendi ishqibozlari! “O‘zAvtoMotors MDH” kompaniyasi UzAvtoMotors zavodida ishlab chiqarilgan (oldin General Motors Uzbekistan) Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish qaytadan boshlanganini xursandchilik bilan xabar qiladi”, - deyilgan xabarda.

“O‘zAvtoMotors MDH” Rossiya bozoriga vaqt sinovidan o‘tgan “RAVON R4”, “RAVON R2” va “RAVON Nexia R3” avtomobillarini yetkazib berishdan boshlaydi.

Avtomobil Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Ravon dilerlari soni juda tez kamaymoqda

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning may oyidan boshlab, narx siyosatini qayta ko‘rib chiqish munosabati bilan Ravon kompaniyasi Rossiyaga avtomobillar yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Rossiya bozoriga qayta kirib kelarkan Ravon kam budjetli arzon avtomobillar segmentida lider bo‘lishga harakat qiladi. Buning uchun unda barcha resurslar mavjud. Xususan, vaqt sinovidan o‘tgan sifat, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, dilerlar tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli rejalar bor.

Ravon avtomobillarining Rossiyada boshlang‘ich narxlari quyidagicha bo‘ladi: Ravon R2 - 646 000 rubl, RAVON R3 NEXIA - 670 000 rubl va RAVON R4 - 678 000 rubl.

Yangiliklar lentasi
0