Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatish boshlandi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentKonditsionirovannie avtobusi v Tashkente
Konditsionirovannie avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Video kuzatuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi. 

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki kuzatuv kameralari “2 Avtobus saroyi” MChJ tasarrufidagi 5 ta №24 yo‘nalish avtobuslariga o‘rnatildi. Videokuzatuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash.

Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi – video

Jamoat transporti monitoringi quyidagi dolzarb vaziyatlarni hal etishda yordam beradi:

- jinoyat va terrorchilik harakatlarini oldini olish;

- jamoat transportini boshqarishga mas’ul shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash;

- fuqarolar hayoti va mulkini jinoiy omillar ta’siridan himoya qilish.

Shu bilan birga, videokuzatuv tizimining asosiy vazifalaridan biri yo‘l-harakati xavfsizligi sifatini yaxshilashdir. Videokuzatuvdan foydalanish shubhali buyumlar, shubhali shaxslar, avtobus jihozlariga zarar yetkazish holatlari, yo‘lovchilar qatnovi hisobini yuritish, avtohalokat hodisalarida munozarali holatlarga aniqlik kiritish va aybdor shaxslarni aniqlash (ko‘p hollarda avtobus haydovchisining aybsizligini isbotlash) va hokazo holatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi. 

Xabarda kompaniya yil oxirigacha barcha yo‘nalishlar avtobuslarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatishni rejalashtirgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0