Ura hayqiriqlari ostida yo‘qolgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSostoyalos otkritie Aleksandrii Oksianskoy
Sostoyalos  otkritie Aleksandrii Oksianskoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kampirtepa ostidan 2 ming yil yashirinib yotgan Oks Ikandariyasi shahri topilgani butun dunyoga e’lon qilindi.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Bugun Termizda olamshumul yangilik e’lon qilindi – bir necha ming yillar davomida faqat tarixiy kitoblarda nomi tilga olingan – Oks Iskandariya shahri topilgani dunyoga ma’lum qilindi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ushbu kashfiyotning rasmiy e’lon qilinish marosimida tarixchi olimlar, xorijiy mehmonlar, hukumat vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.   

“Bugun biz butun dunyoga Oks Iskandariyasi topilgani haqida baralla  e’lon qilamiz”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Abduhakimov ushbu kashfiyot O‘zbekiston arxeologlari tomonidan bajarilgan ishligini ta’kidlab, barchaga minnatdorlik bildirdi va Oks Iskandariyasi sayyohlar ziyoratgohiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Arxeologicheskie raskopki - Sputnik O‘zbekiston
Oks Iskandariyasi haqidagi olamshumul kashfiyot qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Oks Iskandariyasi – ya’ni Amudaryo bo‘yidagi Iskandariya shahri, Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan Yunon-Baqtriya davlatining sharqiy himoya qal’asi hisoblangan. Oks Iskandariyasining gullab-yashnagan davri, eramizdan oldingi  III – II asrlarga to‘g‘ri keladi.

2 ming yildan ortiq ushbu shahar qayerda joylashganini hech kim aniq bilmagan. O‘zbekistonlik arxeolog olim Edvard Vasilyevich Rtveladze Oks Iskandariyasining dastlabki nishonlarini 2007-yilda Termiz yaqinidagi Kampirtepa qo‘rg‘onidan topgan edi.

Shundan so‘ng Rtvladze o‘z jamoasi bilan bir necha yillar davomida Kampirtepada arxeologik qazish ishlari olib boradi va ushbu joy aynan Oks Iskandariyasi ekanligining bir necha dalillarini topadi.

Ma’lum bo‘lishicha mahalliy aholi vakillari ham olim Rtveladzega kashfiyotni ochishda va arxeologik qazilmalar olib borishda yordam berishgan. Ana shunday mo‘ysafidlardan biri ham tadbirda ishtirok etish uchun taklif qilindi.

Arxeolog olim Rtveladze ochilish marosimida ishtirok etmagan bo‘lsada u tadbir ishtirokchilariga kecha o‘z videomurojaatini  yo‘llagan edi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSostoyalos otkritie Aleksandrii Oksianskoy
Ura hayqiriqlari ostida yo‘qolgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi - Sputnik O‘zbekiston
Sostoyalos otkritie Aleksandrii Oksianskoy
Yangiliklar lentasi
0