07:23 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Dobыcha uranovыx rud v rudnike

Ommaviy norozilik yuz bergan koʻmir konining 9 rahbari ishdan olindi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Jamiyat
Havola olish
517 0 0

Surxondaryodagi “Shargʻunkoʻmir” AJ rahbarlaridan 9 nafari ishdan haydaldi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Surxondaryo viloyati Sarosiyo tumanida joylashgan “Shargʻunkoʻmir” AJda yuz ommaviy norozilik holatlari boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning rasmiy bayonoti eʼlon qilindi.

OʻTY AJ tomonidan maxsus komissiya, “Shargʻunkoʻmir” AJda yuzaga kelgan vaziyatni atroflicha oʻrganishi natijasida, korxonaning 9 nafar mansabdor shaxsi oʻz lavozimidan ozod etildi, - deyilgan bayonotda.

Ayni damda maxsus komissya, korxonada ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy xolatlarini toʻliq oʻrganish maqsadida “Shargʻunkoʻmir”da oʻz ishini davom ettirmoqda.

Shuningdek, maxsus komissiya tomonidan korxonada yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan barcha ishchi-xizmatchilarga toʻliq maʼlumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoshlarini belgilanish tartibi, mukofot pullari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan soʻng xodimlar yana ish joylarida oʻz ishlarini davom ettirishgan. 

Shaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto
© Sputnik / Aleksey Kudenko

Maʼlumot uchun, korxona boʻyicha oʻrtacha ish xaqqi miqdori 2,34 million soʻmni tashkil etadi. Xususan, koʻmir qazib olish kon ishchisi maoshi  – 3,8 mln., yer osti elektr chilangari – 2,1 mln., yer osti mustaxkamlovchisi maoshi – 2,49 mln soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 14-15 avgust kunlari, “Shargʻunkoʻmir” AJda xodimlar tomonidan ommaviy norozilik va ish tashlash holatlari boʻlib oʻtgan. Ushbu haqidagi videolavhlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Asosiy mavzular