Islom akademiyasi tarixida ilk bor talabalar zamonaviy texnologiya yordamida o‘qishga kirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana
Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatida tahsil olish turli mamlakatlardan kelgan yigirma nafardan ziyod abituriyent o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va salohiyatini namoyish etdi.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatida tahsil olish uchun hujjat topshirgan xorijlik abituriyentlar 24-avgust kuni Maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazildi. Bu haqda Akademiya matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbatda turli mamlakatlardan kelgan yigirma nafardan ziyod abituriyent o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va salohiyatini namoyish etdi.

Seremoniya otkritiya kafedri istorii i istochnikovedeniya islama v Mejdunarodnoy islamskoy akademii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Islom akademiyasida nufuzli tashkilot IRCICA kafedrasi ochildi

Suhbat jarayonida bevosita ishtirok etolmagan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida akademiya tarixida ilk marotaba masofadan turib, internet orqali aloqa o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi. Zamonaviy texnologiya vositalari yordamida o‘tkazilgan suhbatda Indoneziya va Qirg‘iziston fuqarolari o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

O‘tkazilgan suhbat natijasida akademiyada tahsil olish ishtiyoqini namoyish etgan Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Indoneziya kabi mamlakatlar fuqarolari o‘qishga qabul qilindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tgan yildan buyon xorijiy fuqarolarni o‘qitmoqda. Xususan, 2018-2019 o‘quv yilida Rossiya,  Qirg‘iziston va Tojikistondan  besh nafar talaba o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, bu yil ularning soni ham, mamlakatlar geografiyasi ham kengaydi.        

Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Din haqida ilm beruvchi dunyoviy maskan: xalqaro islom akademiyasi hayotidan reportaj

Xorijiy talabalar akademiya bakalavriat va magistraturasida islomshunoslik, dinshunoslik, turizm, xalqaro munosabatlar, filologiya va tillarni o‘qitish, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik, aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar kabi yo‘nalishlar  bo‘yicha  tahsil oladi.  

Shuningdek, 2019-yildan boshlab, Moskva muftiysi Albir hazrat Krganov akademiyada doktoranturasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Yaqinda esa yana uch nafar qozog‘istonlik yosh olimlar doktoranturaga hujjat topshirdi. Akademiya doktoranturasiga qabul jarayoni davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0