Mirziyoyev 65 nafar mahkumni afv etdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar fuqaroga hayotini qayta boshlash uchun imkon berdi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 65 nafar fuqaro Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv etdi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga asosan, sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaro afv etildi.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 575 nafar mahkumni afv etdi

Afv etilgan shaxslarning 17 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi, 13 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 20 nafariga esa tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. 50 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish joylaridan ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytarildi.

Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi va 1 nafar shaxs ozodlikni cheklash jazosidan ozod qilindi.

Afv etilganlarning 4 nafarini ayollar, 1 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxs, 1 nafarini chet el fuqarosi, shuningdek, 39 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida 575 nafar fuqaroni afv etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0