“Andijoncha spektakl” qahramonlari yangi uy bilan ta’minlandi

© XSObmanuti xokimiyatom Andijana jenshini obespecheni jilyom
Obmanuti xokimiyatom Andijana jenshini obespecheni jilyom  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, “Andijoncha spektakl” nomini qozongan voqeaning 6 nafar ishtirokchilari yangi uy bilan ta’minlandilar.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, “Andijoncha spektakl” nomini qozongan voqeaning 6 nafar  ishtirokchilari yangi uy bilan ta’minlandilar. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qilmoqda.

Respublika mustaqilligining 28-yilligi arafasida Xurshida Tillayeva, Muyassar Rahimova, Dilfuza Teshaboyeva, Shohista Bakirova, Mehrinoz Abduvaliyeva, Xayriniso Ermatova yangi uy bilan ta’minlandilar.

V NII detskoy onkologii i gematologii Rossiyskogo Nauchnogo Sentra RAMN imeni N.N. Bloxina. - Sputnik O‘zbekiston
Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldangan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi

“Boshimdan ko‘p savdolar o‘tdi. Bu orada tushunmovchiliklar ham bo‘ldi.  Bugun shu uyga ko‘chib kirgach, yelkamdan tog‘ ag‘darildi go‘yo. O‘zimni yengil his qila boshladim. Qalbimdagi barcha g‘uborlar tarqab ketdi. Aslida boshimga tushgan shuncha tashvishdan so‘ng Rossiya Federatsiyasiga ketib qolishga ahd qilgan edi. Endi ko‘rib turganingizdek, uyim bor! Qolaversa, mahallamizda faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi rahbarlari yana ishga qaytishimizni so‘rashapti. Uyim bo‘lganidan keyin, tayinli oylik maosh beruvchi ish joyim bo‘lsa o‘zga davlatga ketishga hojat ham yo‘q”, - deydi yangi uy sohibalaridan biri Muyassar Rahimova.

Andijon hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan – Bosh prokuratura

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston 24” telekanali orqali 2019-yil 31-mart, 3-may va 16-may kunlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MChJning uy-joyga muhtoj bo‘lgan 6 nafar ishchilari ishtirokida, ularga sovg‘a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko‘rsatilgan, 16-may kuni ular oila a’zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo‘yilgan. Prezident tashrifi yakunlanganidan so‘ng, ushbu uylardan beshtasi olib qo‘yilgan.

Bosh prokuraturasi Andijon shahrida prezident tashrifi arafasida ehtiyojmand ayollarga uy berilib, prezident ketganidan so‘ng uylar qaytib olingani haqidagi vaziyatni o‘rganib chiqqan edi. Natijada Andijon viloyati hokimligi tomonidan ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilganini aniqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0