Murod Nazarov O‘zbekistondagi eng baland bino nega qulab tushmasligini tushuntirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMurad Nazarov
Murad Nazarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murod Nazarov jurnalistlarga osmono‘par binoning poydevori qanchalik mustahkam bo‘lishi haqida batafsil so‘zlab berdi

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Murad Buildings xususiy developerlik kompaniyasi rahbari Murodxon Nazarov Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladigan 51 qavatli osmono‘par binoning taqdimot marosimida inshoot qay tarzda yerda mustahkam ushlab turilishi, ya’ni bino poydevori haqida batafsil so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Proyekt zdaniya  MDS Tashkent Siti - Sputnik O‘zbekiston
Tashkent City᾽da qurilayotgan MOdagi eng baland bino qanchalik mustahkam bo‘ladi?

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par binoning rasmiy nomi - Nestone bo‘lishi, unda yashovchilar uchun ishonchli "uya" timsolini mujassamlashtirish haqida rasman ma’lum qilingan edi.

Albatta, taqdimot marosimi davomida qavatlar soni, barcha qulayliklar, binoning eng baland qismlarida 100 kilometrga yaqin radiusda keng ufq manzarasi haqida ko‘plab gapirildi. Shu bilan birga jurnalistlarni avvalo inshootning eng muhim bo‘lgan yer osti qismi mustahkamligi darajasi haqidagi savol ham qiziqtirdi.

Murad Buildings xususiy developerlik kompaniyasi rahbari Murodxon Nazarov inshoot poydevori haqida gapirar ekan, qisqa vaqt ichida quriladigan inshoot hatto yarim asr o‘tgach ham nega cho‘kmasligini tushuntirdi.

"Oldingi davrlarda ota-bobolarimiz uy qurishganlarida, poydevor ma’lum vaqt turishi kerak, ya’ni u cho‘kishi kerak, deyishardi. O‘sha vaqtda ota-bobolarimiz ko‘proq oddiy uylar qurishgan. Uylarning poydevorini qurishda asosan tosh va loydan foydalanishgan va u albatta cho‘kib olishi kerak. Hozirgi zamonda, birinchidan fundament quyishdan oldin yerda tayyorgarlik ko‘riladi. Shu uchun ham biz qayta-qayta takrorlab aytib kelyapmizki, yer ishlarini bajarib olsak, fundament bitdi, hisob. Yer shu vaqtgacha 20 metr qazlangan, yana 3 metr kovlaymiz, bunda butun dunyoda osmono‘par bino qurilishida foydalaniladigan barret tizimi qo‘llanilmoqda. Poydevorning o‘ziga Eyfel minorasini qurishda sarflangandan ko‘p metall sarflaganmiz. Barret usulidan tashqari, fundanment, ya’ni kotlovanni atrofida xavfsizlik devorini hosil qilyapmiz. Olti million dollar faqat devorning o‘ziga sarflanmoqda. Shunaqa qattiq ishlar olib borilayaptiki, bu bino 50-yilda ham cho‘kishi mumkin emas", - deya tushuntirdi Murodxon Nazarov.

Shuningdek, Nazarovning aytishicha, haftada 7 kun, sutkada 24 soat bino xavfsizlik xizmati muhofazasi va videokuzatuv kameralari ostida bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha istaganlar uchun uyni masofadan turib boshqarish tizimi o‘rnatiladi. Uning yordamida uyda dazmol o‘chirilganmi-yo‘qmi, boshqa elektr asboblar ishlayaptimi-yo‘qmi kabilarni tekshirish, xonadonga qaytishdan oldin konditsionerni yoqib qo‘yish va boshqa ko‘plab ishlarni bajarish mumkin.    

Yangiliklar lentasi
0