Noma’lum snayper Podmoskovyeda ko‘p qavatli uylar aholisini qo‘rquvga solmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishNovaya razmetka "vafelnitsa" na perekrestkax v Moskve
Novaya razmetka vafelnitsa na perekrestkax v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquq-tartibot organlari xodimlari tekshiruv o‘tkazishmoqda va snayperni izlashmoqda.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Odinsovodagi Kutuzov prospektida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi binoning yuqori qavatlarini o‘qqa tutayotgan snayper haqida xabar qilishdi, deb yozgan RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxs 12, 14 va 16 qavatlarda joylashgan kvartiralarning derazalarini o‘qqa tutgan. U steklopaketlarni teshib o‘yishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda ushbu qavatlardagi xonadonlar derazalari xuddi "chovli" ko‘rinishiga kelib qolgan.

O‘qqa tutilgan xonadonlar egalari politsiyaga murojaat qilgan.

"Derazani yoniga yaqinlashishga qo‘rqib qoldik. Telbalarning ongida nima borligini hech qachon bilmaysan. Derazani ochib qo‘yish haqidaku gapirmasa ham bo‘laveradi", - deb hikoya qilgan yashovchilardan biri.

Huquq-tartibot organlari xodimlari tekshiruv o‘tkazishmoqda va snayperni izlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0